Toshkent shahrida FIFA tadbirlari doirasida turkiyzabon davlatlar vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkiya, Vengriya, Ozarbayjon va Qozog‘iston futbol assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda OFK va UEFA vakillari ham qatnashdi.
Ochiq va konstruktiv tarzda o‘tgan uchrashuvda mazkur mamlakatlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, milliy terma jamoalar va klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Futbol bo‘yicha mutaxassislar, murabbiylar, hakamlar tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.