Bugun, 28-sentyabr kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol bahslarining guruh bosqichi doirasida mezbon Xitoy ayollar terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Gollarga Vang Shanshan (dubl), Mengyu Shen, Kiaoju Chen, Yan Jinjin (dubl) mualliflik qildi.
Shu tariqa, ikki o‘yinda 3 ochko jamg‘argan Midori Honda boshqaruvidagi jamoamiz chorak finalga yo‘l oldi va 30-sentyabr kuni Xitoy Taypeyiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv g‘olibi yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.