Bugun, 23-sentyabr kuni “Yunusobod” sport majmuasida O‘zbekiston Quvayt futzal terma jamoalari ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvning 3-daqiqasiida Davron Choriyev hisobni ochgan bo’lsa, 16-daqiqada Sunnatilla Jo‘rayev o‘rtadagi farqni ikkitaga oshirdi. O‘yin so‘nggida esa Elbek To‘lqinov jamoamizning 3-goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa O‘zbekiston futzal terma jamoasi Quvayt ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.