“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qoʻshgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, oʻzining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun bir qator sportchilar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi:
Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Oʻzbekiston Milliy va yoshlar terma jamoasining 4 nafar aʼzosi ham bor:
1. Rahmonaliyev Umarali Maxamadali oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi sardori
2. Boymurodov Otabek Odiljonovich — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi
3. Fayzullayev Abbosbek Sayidjon oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Milliy va yoshlar terma jamoasi aʼzosi
4. Xusanov Abduqodir Xikmatjon oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Milliy va yoshlar terma jamoasi aʼzosi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi “Paxtakor” futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi An Dmitriy Mixaylovich “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Futbol jamoatchiligi nomidan barcha taqdirlanganlarni ushbu yuksak mukofotlar bilan tabriklaymiz.