Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Metallurg” — “Nasaf”
Superliganing 10-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” uchrashuvning 86-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Mateus Lima Kruz raqib oʻyinchisining koʻkrak qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mateus Lima Kruzga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
OKMK — “Andijon”
Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Andijon” futbol klubi futbolchisi Eldor Adxamov tribuna osti yoʻlakchasida xavfsizlik tartibiga rioya qilmasdan, jamoat tartibini saqlash uchun masʼul boʻlgan xodimlarga nisbatan hurmatsizlik qilib, provokatsion harakatlar qilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eldor Adxamovga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Surxon” — “Metallurg”
Superliganing 11-turi doirasidagi “Surxon” — “Metallurg” uchrashuvning 12-daqiqasida “Metallurg” futbolchisi Ergash Ismoilov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini oyogʻiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Oʻyinning 25-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Kamron Saidazimov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ergash Ismoilovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Kamron Saidazimovga (“Surxon”) nisbatan esa 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum” — “Olimpik”
Superliganing 10-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Olimpik” uchrashuvning 44-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Ifeani Ifeani toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini tana qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ifeani Ifeaniga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Andijon” — “Turon”
Superliganing 12-turi doirasidagi “Andijon” — “Turon” uchrashuvning 34-daqiqasida “Turon” klubi futbolchisi Bilolxon Toshmirzayevga koʻrsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan OʻzFHMning Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.
Oʻzbekiston kubogi
“Qizilqum” — “Lokomotiv”
Oʻzbekiston Kubogining 2-guruh bosqichi doirasidagi “Qizilqum” — “Lokomotiv” uchrashuvning 11-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Humoyun Abdualimov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Humoyun Abdualimovga (“Qizilqum”) nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Pro liga
“Dinamo plyus” — “Qoʻqon-1912”
Pro liganing 9-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Qoʻqon-1912” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Nizamitdinov oʻyindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, notoʻgʻri maʼlumotlar berib, raqib jamoaga hamda muxlislarga hurmatsizlik qilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muxsin Nizamitdinovga (“Qoʻqon-1912”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi
“Lokomotiv” — “Mashʼal”
Pro liganing 9-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Mashʼal” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Lokomotiv” futbolchisi Marat Bikmayev hamda “Mashʼal” futbolchisi Otar Javashvili bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, mushtlashib ketgani hamda ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Marat Bikmayev va Otar Javashviliga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Shoʻrtan” — “Xorazm”
Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “Shoʻrtan” — “Xorazm” uchrashuvning 33-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Yunusov raqib oʻyinchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan hamda uchrashuv yakunlangandan bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hojiakbar Yunusovga (“Shoʻrtan”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Gʻijduvon” — “Dinamo plyus”
Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “Gʻijduvon” — “Dinamo plyus” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Hazratjon Tursunqulov zaxira oʻrindigʻidan turib, yordamchi hakamga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, yelim idish uloqtirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hazratjon Tursunqulovga (“Dinamo plyus”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Birinchi liga
“Nasaf farm” — “Olimpik farm”
Birinchi liga musobaqasining 4-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Olimpik farm” uchrashuvning 19-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Jahongir Shermatov raqib oʻyinchisining yuz qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jahongir Shermatovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Yangiyoʻl” — “Shahrixonchi”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyoʻl” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi futbolchisi Saidibrohim Gʻulomjonov toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini son qismiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Saidibrohim Gʻulomjonovga (“Shahrixonchi”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvining 75-daqiqasida “Yangiyer quruvchi” jamoasi futbolchisi Xurshid Asqaraliyev uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda zaxira oʻrindigʻini tark etib, maydonga chiqqan holda raqib oʻyinchisini boʻyin qismidan boʻgʻib, tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xurshid Asqaraliyevga (“Yangiyer quruvchi”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Nasaf farm” — “Paxtakor-79”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvning 56-daqiqasida “Paxtakor-79” jamoasi futbolchisi Shohruhmirzo Ahmadaliyev raqib oʻyinchisining yelka qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shohruhmirzo Ahmadaliyevga (“Paxtakor-79”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qumqoʻrgʻon-1977” — “Lokomotiv BFK”
Birinchi liga musobaqasining 7-turi doirasidagi “Qumqoʻrgʻon-1977” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qumqoʻrgʻon-1977” jamoasi futbolchisi Ovolabi Shola toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini koʻkrak qismiga bosh bilan qasddan zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ovolabi Sholaga (“Qumqoʻrgʻon-1977”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvi boʻyicha video-material kelib tushgan. Unga koʻra, uchrashuvning 75-daqiqasida “Olimpiya” jamoasi futbolchisi Muhammad Mansurov oʻyin vaqtida toʻpni atayin qoʻlga olib, raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor harakat qilib ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammad Mansurovga (“Olimpiya”) nisbatan mazkur qaror chiqqan kundan boshlab 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
U-19 chempionati
“Turon U-19” — “Neftchi U-19”
U-19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Turon U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 71-daqiqasida “Turon U-19” jamoasi futbolchisi Samandar Sodiqov hamda “Neftchi” jamoasi futbolchisi Martavali Turgʻunovlar bir-birlarini boʻyin qismidan boʻgʻib tajovuzkor harakat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Samandar Sodiqov (“Turon U-19”) va Martavali Turgʻunovga (“Neftchi U-19”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Gʻijduvon U-19” — “Buxoro U-19”
U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Gʻijduvon U-19” — “Buxoro U-19” uchrashuvning 71-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Muhammad Muhammadiyev bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammad Muhammadiyevga (“Buxoro”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19”
U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19” uchrashuvning 82-daqiqasida “Metallurg U-19” jamoasi futbolchisi Muhammadyusuf Orifjonov ikkinchi sariq kartochka olgan va hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgan. Oʻyinning 90+4-daqiqasiga kelib “Metallurg U-19” klubi murabbiyi Dilshod Navruzov ham bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadyusuf Orifjonovga va Dilshod Navruzovga (“Metallurg U-19”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19”
U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19” uchrashuvning 85-daqiqasida “Bunyodkor U-19” jamoasi murabbiyi Timur Boboxonov texnik zonani tark etib, yordamchi hakamga eʼtiroz bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Timur Boboxonovga (“Bunyodkor U-19”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Ayollar Oliy ligasi
“OKMK-W” — “Soʻgʻdiyona-W”
Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “OKMK-W” — “Soʻgʻdiyona-W” uchrashuvining 64-daqiqasida “Soʻgʻdiyona W” jamoasi murabbiyi Sherali Boboqulov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherali Boboqulovga (“Soʻgʻdiyona-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Neftchi-W” — “Paxtakor-W”
Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “Neftchi-W” — “Paxtakor-W” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Paxtakor-W” jamoasi futbolchisi Aynur Daulboyeva raqib oʻyinchisining oyogʻiga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Aynur Daulboyevaga (“Paxtakor-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!