Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Saudiya Arabistonida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Vakillarimiz yigʻin doirasida Boliviya hamda Venesuela terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.
Bosh murabbiy Srechko Katanes mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan roʻyxatini ma’lum qildi.
Qayd etish kerak, MTJning bir qator futbolchilari yigʻin oldidan Superliga uchrashuvida maydonga tushadilar. Shu sababli, yakuniy roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.