Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ertaga Qozogʻistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi.
Mazkur bahs oldidan tashkiliy qoʻmita aʼzolari hamda jamoalar vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ertangi oʻyinning bir qator masalalari, xususan, media, marketing va tibbiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Kelishuvga koʻra, uchrashuvda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi toʻliq koʻk rangda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi. Uchrashuv soat 18:00 da “Paxtakor” stadionida start oladi.