Joriy yilning 22-26-oktyabr kunlari Andijon shahrida OʻFAning “B” litsenziyasi boʻyicha navbatdagi murabbiylik kurslari boʻlib oʻtmoqda.
Oʻquv jarayonini OFK va OʻFA instruktori Usmon Toshev olib bormoqda. Unga Orif Mamatkazin yordam beryapti. Amaliy va nazariy mashgʻulotlarni qamrab olgan mazkur kursda jami 22 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.