Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Rustam Akramov 1948-yil 11-avgustda Toshkent viloyatining Yangibozor shaharchasida tugʻilgan. 1970-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining futbol fakultetini tamomlagan. Shuningdek, Moskvadagi jismoniy tarbiya institutida aspiranturada tahsil olgan. 1975-yilda “Seleksiya usullari va terma jamoalarni tayyorlash boʻyicha tadqiqotlar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Aspiranturani tugatgach, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan. 1978-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. Bu lavozimda 1987-yilgacha ishlagan. 1984-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1987-1989-yillarda Jazoir milliy universitetining futbol kafedrasi professori boʻlgan. Oʻsha yillarda Fransiyaning “Bordo” futbol klubida murabbiylik mahoratini oshirgan.

Rustam Akramov 1967-1973-yillarda Toshkentning “Politotdel” va “Paxtakor” jamoalari sharafini himoya qilgan. 1974-yilga kelib murabbiylik faoliyatini boshlagan va Moskvaning “SSKA” klubining yoshlar tarkibiga ustozlik qilgan.

Rustam Akramovich 1990-yillar boshida Jazoirda ishlagan, “USM Alger” klubiga (1990-1991) murabbiylik qilgan va Jazoir terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yili futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tashkil etildi. Yangi jamoaga Rustam Akramov murabbiy etib tayinlandi. Uning rahbarligida Oʻzbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyo kubogi gʻolibiga aylandi.

1994-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi Mustaqillik kubogi xalqaro turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Yil yakuniga koʻra, Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi finalda Xitoy terma jamoasini magʻlub etib, turnir chempioni boʻldi.

Shu bilan birga, Rustam Akramov Toshkentning “Paxtakor” klubiga murabbiylik qilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi Xirosimadagi turnirdagi gʻalabasidan soʻng Rustam Akramov davlatimizning “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy” unvoniga sazovor boʻldi.

1995-yilda Rustam Akramovich Hindiston terma jamoasini boshqarishga taklif qilingan. 1997-yilgacha Hindiston terma jamoasida ishlagan. 1998-yilda OFKning texnik direktori etib tayinlangan. Bundan tashqari, u Oʻzbekiston futbol federatsiyasida terma jamoalar markazi texnik direktori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Rustam Akramov futbolga oid 30 dan ortiq asar, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 6 ta kitob yozgan.