Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xabaringiz bor, soʻnggi yillarda futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash boʻyicha qator ishlar olib borilmoqda. Xalqaro talab va standartlar asosida futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida OʻFA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi (FMTM) faoliyat koʻrsatmoqda.

Bugun mazkur markazda marketing yoʻnalishi boʻyicha professional futbol klublari mutaxassislari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi.

Uni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchisi Anatoliy Shirov olib bordi.

Seminarda futbol klublarini rivojlantirish uchun marketing yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar, klublarning mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda qoʻshimcha daromadlar olish usullari, muxlislarni jalb qilish kabi mavzularda oʻzaro fikr almashildi. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, seminar zamonaviy innovatsion va interaktiv koʻrinishda oʻtkazildi va bu ishtirokchilarning yanada faol boʻlishiga turtki boʻldi.

Mazkur darsga OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham tashrif buyurdi.

Ravshan Ermatov marketingni futboldagi oʻrni muhimligini qayd etib, bu borada amalga oshirilishi zarur boʻlgan koʻplab vazifalar, sohadagi mutaxassislarning malakasini oshirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

Seminar ishtirokchilari marketing yoʻnalishi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javoblar olishdi.