Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston futzal terma jamoasi Tailandda o’tadigan “Continental” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.
Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz bugun Bangkok shahriga yetib borib, koronavirusga test topshirdi va “Al Meroz” mexmonxonasiga joylashdi.
Ma’lumot o’rnida, futzalchilarimiz turnirning dastlabki bosqichida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o’zaro kuch sinashadi.