O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu mavsumda O’zbekiston Superligasiga VAR tizimini joriy etdi. Hozirgacha 8 tur davomida 16 uchrashuvda VAR texnologiyasidan foydalanildi. Ana shu uchrashuvlar Superliga va Proliga hakamlari ishtirokidagi onlayn-seminarda tahlil qilinmoqda.
Seminarni FIFA instruktori Farhod Abdullaev olib bormoqda. Ikki kun davomida hakamlar barcha epizodlarni atroflicha ko’rib chiqib, VAR bilan ishlashni yanada yaxshilash bo’yicha hulosalarga ega bo’lishmoqda. Albatta, dastlabki mavsumda yangi tizimda ba’zi kamchiliklar uchrab turibdi.
Ularni bartaraf etish, operativlik va aniqlikni oshirish bo’yicha FIFA mutaxassisi o’z tavsiyalarini beryapti. 16 may kuni onlayn-seminar o’z ishini davom ettiradi.