Antaliyadagi xalqaro turnirda ishtirok etayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “SSKA” vakillariga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi.
“Emir Hotels” sport majmuasida bo’lib o’tgan mashg’ulotlarda murabbiylar shtabi asosan futbolchilarning texnik tayyorgarligiga e’tibor qaratdi.
Bugun Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Rossiya chempionatining ikki karra chempioni “SSKA” klubi bilan kurash olib boradi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz oq liboslarda maydonda harakat qiladi. Uchrashuv O’zbekiston vaqti bilan soat 16.00 da start oladi.