O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi ertangi o’rtoqlik uchrashuvi oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi.
Igor Sergeyev o’rniga chaqirilgan Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga qo’shildi va mashg’ulotlarda ishtirok etdi.
Milliy terma jamoamizga jalb etilgan yana bir hamyurtimiz Islom To’xtaxo’jayev bugun tunda Dubay shahriga yetib boradi. Koronavirusga topshirgan test javobi chiqqunga qadar futbolchi mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida bo’lib turadi.
MTJ a’zolari Suriyaga qarshi ertangi bahsda oq rangli libosda maydonga tushadigan bo’ldi. Suriya vakillari esa qizil libosda harakat qiladi. Uchrashuv “Sharja” stadionida O’zbekiston vaqti bilan soat 20.00 da start oladi.