Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga
“Qizilqum” — “Olimpik”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Olimpik” uchrashuvining 41-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Akaki Shulaya bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akaki Shulayaga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” uchrashuvining 68-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Momsilo Raso to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Momsilo Rasoga (Bunyodkor) nisbatan jarima va 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” uchrashuvining 68-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Rasul Yo‘ldoshev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rasul Yo‘ldoshevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” uchrashuvining 90+10-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Suhrob Izzatov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Suhrob Izzatovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” uchrashuvining 90+11 daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Marin Lyubik o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Marin Lyubikka (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Bunyodkor” futbol klubi murabbiyi Ilyas Zeytullayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ilyas Zeytullayevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Dinamo plyus”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Surxon” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 62-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Dilshod Yo‘ldoshev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilshod Yo‘ldoshevga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — OKMK

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Lokomotiv” — OKMK uchrashuvining 48-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Abdulaziz Abdurashidov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulaziz Abdurashidovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Lokomotiv”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Lokomotiv” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Sherzod Komilov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzod Komilovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Lokomotiv”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Lokomotiv” uchrashuvining 54-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Dilshod Komilov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilshod Komilovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Andijon” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 56-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Andijon” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 79-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Islom Qobilov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom Qobilovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Andijon”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvi ning 64-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Anvarjon Gʻofurov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon Gʻofurovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Andijon”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvining 84-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Zoir Jo‘raboyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zoir Jo‘raboyevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Andijon”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvining 90+7-daqiqasida “Andijon” futbol klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aleksandr Xomyakovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Andijon”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvining 90+7-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Luka Zgurskiy bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Luka Zgurskiyga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Neftchi” uchrashuvining 45+3 daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamshid Saidovga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” va “Navbahor lochinlari” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 7 – 8-turlari doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” hamda “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvlari yakunlangandan so‘ng “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi O‘tkir Yusupov raqib muxlislari tomonga qaragan holda nomaqbul harakatlar bilan g‘alabani nishonlab, muxlislarning e’tirozini vujudga keltirib, tribunalarda jamoat tartibini buzilishiga olib kelgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘tkir Yusupovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi O‘tkir Yusupov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘tkir Yusupovga (Navbahor lochinlari) nisbatan yana bir bor jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Abror Ismoilov raqib muxlislari tomonga qaragan holda nomaqbul harakatlar bilan g‘alabani nishonlab, muxlislarning e’tirozini vujudga keltirib, tribunalarda jamoat tartibini buzilishiga olib kelgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abror Ismoilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi davomida “Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan tenik zonani tark etib, haqoratli so‘zlarni ishlatib, tartibsizliklar vujudga keltirgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi davomida “So‘g‘diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich texnik zonani tark etib, haqoratli so‘zlar ishlatib tartibsizliklar vujudga keltirgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi davomida “So‘g‘diyona” futbol klubi ma’muri Jasur Ahmedov texnik zonani tark etib, haqoratli so‘zlar ishlatib, tartibsizliklar vujudga keltirgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasur Ahmedovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Andijon” — “Metallurg” uchrashuvida “Andijon” futbol klubi muxlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilgani, mazkur buyumlardan biri “Metallurg” futbol klubi shifokorining bosh qismiga tekkan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Andijon” — “Metallurg” uchrashuvida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Vladimir Bubanya “Metallurg” futbol klubi shifokoriga nisbatan futbolchiga hos bo‘lmagan xatti-harakat sodir qigan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Vladimir Bubanyaga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Ulug‘bek Hoshimov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Hoshimovga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvining 90+13-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Oybek Bozorov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Oybek Bozorovga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvining 90+15-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Sherzod Nasrullayev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzod Nasrullayevga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvining 59-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasur Jaloliddinovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi

“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvining 59-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi M. Romon o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mixai-Aleksandru Romonga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga
“Xorazm” — “Olimpik Mobiuz”

Proliga musobaqasining 8-turi doirasidagi “Xorazm” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 56-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Gʻiyosjon Ro‘ziqulov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Gʻiyosjon Ro‘ziqulovga (Olimpik Mobiuz) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Olimpik Mobiuz”

Pro liga chempionatining 8-turi doirasidagi “Xorazm” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Bobur Qosimov yordamchi hakamga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bobur Qosimovga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Aral”

Pro liganing 8-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Aral” uchrashuvining 27-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Zulpuqar Kuanishbayev simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zulpuqar Kuanishbayevga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Aral”

Pro liganing 8-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Aral” uchrashuvining 79-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Izzatulla Qutiboyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Izzatulla Qutiboyevga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Aral”

Pro liganing 8-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Aral” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 83-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Nizomiddin Ziyavutdinov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nizomiddin Ziyavutdinovga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Buxoro”

Proliga 6-turi doirasidagi “Aral” — “Buxoro” uchrashuvining 28-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Baqoyevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliganing 6-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Ilxom Ubaydullayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ilhom Ubaydullayevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik Mobiuz” — “Sho‘rtan”

Proliganing 6-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 83-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Sarvarbek Adxamov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sarvarbek Adhamovga (Olimpik Mobiuz) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik Mobiuz” — “Sho‘rtan”

Proliganing 6-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 71-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Mirzohid Mamatxonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirzohid Mamatxonovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik Mobiuz” — “Sho‘rtan”

Proliganing 6-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 89-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Rustambek Fomin yordamchi hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rustambek Fomin (Olimpik Mobiuz) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanilsin.

“Qo‘qon-1912” — “Mash’al”

Proliganing 8-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Mash’al” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Mash’al” futbol klubi futbolchisi Jasur Azimov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasur Azimovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga
“Xorazm FA” — “BuxDu”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Xorazm FA” — “BuxDu” uchrashuvining 28-daqiqasida “Xorazm FA” jamoasi futbolchisi Bunyodbek Matrasulov to‘psiz vaziyatda qo‘li bilan raqib o‘yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bunyodbek Matrasulovga (Xorazm FA) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Toshkent viloyati FA” — “Namangan FA”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Toshkent viloyati FA” — “Namangan FA” uchrashuvining 61-daqiqasida “Toshkent viloyati FA” jamoasi futbolchisi Tohirjon Ashurboyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Tohirjon Ashurboyevga (Toshkent viloyati FA) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro FA” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Buxoro FA” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 86-daqiqasida “Buxoro FA” jamoasi futbolchisi Mironshoh Shohnazarov to‘p uchun kurashish vaqtida tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mironshoh Shohnazarovga (Buxoro FA) nisbatan nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral Akademiya” — “Nasaf farm”

Birinchi liga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Aral Akademiya” — “Nasaf farm” uchrashuvining 45+2 daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Diyorbek Shavqiyev to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Diyorbek Shavqiyevga (Nasaf farm) nisbatan jarima va 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Jizzax” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 9-daqiqasida “Sirdaryo FA” futbol klubi futbolchisi X. Jo‘raboyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xayitboy Jo‘raboyevga (Sirdaryo FA) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Jizzax” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 63-daqiqasida “Sirdaryo FA” murabbiyi D.Karimov hamda “Jizzax” ma’muri B.Yoqubov bir-birlariga nisbatan xaqoratli so‘zlar ishlatib, tajovuzkor harakatlar qilib, maydondan chetlashtirilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilmurod Karimovga (Sirdaryo FA) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, Bobur Yoqubovga (Jizzax) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Jizzax” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 90+10-daqiqasida “Sirdaryo FA” futbolchisi B. Tolibjonov qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisiga zarba berib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Begzod Tolibjonovga (Sirdaryo FA) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Jizzax” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 90+10-daqiqasida “Jizzax” futbolchisi X. Shodmonov yugurib kelib, oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini tepgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Hayotjon Shodmonovga (Jizzax) nisbatan 10 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Jizzax” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 90+10-daqiqasida “Jizzax” futbolchisi S. Rashidov o‘zini tajovuzkor tutib, xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sahob Rashidovga (Jizzax) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Jizzax” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 90+10-daqiqasida “Jizzax” futbolchisi A. Qudratov o‘zini tajovuzkor tutib, xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulatif Qudratovga (Jizzax) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liganing 5-turi doirasidagi “Jizzax” — “Sirdaryo FA” uchrashuvi davomida va yakunida “Jizzax” hamda “Sirdaryo FA” jamoalari rasmiylari haqoratli so‘zlar ishlatib, tajovuzkor harakatlar qilib, tartibsizlik vujudga kelitirgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Jizzax” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, Sirdaryo FA jamoasiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Surxon U21” — “Dinamo U21”

U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Surxon U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 67-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Abdug‘afur Haydarov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdug‘afur Haydarovga (Surxon U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona U21” — “Navbahor U21”

U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 90-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” jamoasi futbolchisi Ulug‘bek Kenjayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Kenjayevga (So‘g‘diyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum U21” — “Neftchi U21” uchrashuvining 69-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Afzal Zokirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Afzal Zokirovga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“OKMK U21” — “So‘g‘diyona U21”

U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “OKMK U21” — “So‘g‘diyona U21” uchrashuvining 89-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Asadbek Ahmadjonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asadbek Axmadjonovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Neftchi U21” uchrashuvining 76-daqiqasida “Neftchi U21” futbol klubi futbolchisi D. Valiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Doniyor Valiyevga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Neftchi U21” uchrashuvining 76-daqiqasida “Neftchi U21” futbol klubi futbolchisi A. Zokirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Afzalbek Zokirovga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati
“Nasaf U-19” — “Xorazm U-19”

U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf U-19” — “Xorazm U-19” uchrashuvining 28-daqiqasida “Nasaf U-19” jamoasi futbolchisi Quvonchbek Xushvaktov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Quvonchbek Xushvaqtovga (Nasaf U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin.

“Dinamo U19” — “Sho‘rtan U19”

U-19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Dinamo U19” — “Sho‘rtan U19” uchrashuvining 68-daqiqasida “Sho‘rtan U19” jamoasi futbolchisi Gʻanisher Qodirov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Gʻanisher Qodirovga (Sho‘rtan U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912 U19” — “Navbahor U19”

U-19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912 U19” — “Navbahor U19” uchrashuvining 87-daqiqasida “Qo‘qon-1912 U19” jamoasi murabbiyi Ernest Asanov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ernest Asanovga (Qo‘qon 1912 U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg U19” — “Buxoro U19”

U19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Metallurg U19” — “Buxoro U19” uchrashuvining 90+3 daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Isomiddin Nusratov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Isomiddin Nusratovga (Buxoro U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar Oliy ligasi
“Navbahor W” — “Lokomotiv W”

Ayollar Oliy ligasi doirasidagi “Navbahor W” — “Lokomotiv W” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Navbahor W” jamoasi futbolchisi Vazira Xayitova bosh hakamning yelka qismiga qo‘li bilan zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Vazira Xayitovaga (Navbahor W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Dinamo W” — “Xorazm W”

Ayollar birinchi ligasi doirasidagi “Dinamo W” — “Xorazm W” uchrashuvining 54-daqiqasida “Dinamo W” jamoasi futbolchisi Dinara Isakova qo‘li bilan raqib o‘yinchisining bosh qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dinara Isakovaga (Dinamo W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro W” — “Navbahor W”

Ayollar Oliy ligasi doirasidagi “Buxoro W” — “Navbahor W” uchrashuvining 84-daqiqasida “Navbahor W” jamoasi futbolchisi Ma’luda Munavarova bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ma’luda Munavarovaga (Navbahor W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar U17 chempionati
“Kogon W” — “Aral W”

Ayollar o‘rtasidagi U17 musobaqasi doirasidagi “Kogon W” — “Aral W” uchrashuvining 69- daqiqasida hamda uchrashuv yakunlangandan so‘ng “Kogon W” bosh murabbiyi Baxtiyor Fayzullayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Baxtiyor Fayzullayevga (Kogon W) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon W” — “Qizilqum W”

Ayollar o‘rtasidagi U17 musobaqasi “Surxon W” — “Qizilqum W” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Surxon W” jamoasi futbolchilari Dilafruz Voxalova hamda “Qizilqum W” jamoasi futbolchisi Fotima Muxiddinovalar bir-birlariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilafruz Voxalovaga (Surxon W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, Fotima Muxiddinovaga (Qizilqum W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon W” — “Qizilqum W”

Ayollar o‘rtasidagi U17 musobaqasi “Surxon W” — “Qizilqum W” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Qizilqum W” jamoasi futbolchisi Shahzoda Elmurodova bosh hakamsha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzoda Elmurodovaga (Qizilqum W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Kogon W” — “Aral W”

Ayollar o‘rtasidagi U17 musobaqasi “Kogon W” — “Aral W” uchrashuvining 67-daqiqasida “Kogon W” jamoasi futbolchisi Rayxona Amanova bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rayxona Amanovaga (Kogon W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!