Midori Honda boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi fevral oyida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv oʻtkazadi.
Oldinda turgan muhim bahslarga reja asosida tayyorgarlik koʻrish maqsadida vakillarimiz Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishishdi.
28-yanvardan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Marokashning Rabot shahrida davom ettiriladi. Jamoamiz Marokash ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazishi rejalashtirilgan.