Free ebooks Library zlibrary project

Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar qoʻmitasining beshinchi yigʻilishida Qatar davlati 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi-2024™ mezboni sifatida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr oyida futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Qatar beshta nomzodlar orasidan (Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari) Qoʻmita tomonidan tanlab olindi.

Bundan tashqari, xabarda taʼkidlanishicha, pandemiyaning butun Osiyo boʻylab taʼsiri kamayib borayotganini inobatga olgan holda, Qoʻmita OFK Ijroiya qoʻmitasiga 2023-yildan boshlab Covid-19 pandemiyasi davrida OFK musobaqalariga qoʻllaniladigan maxsus qoidalarning amal qilishini toʻxtatishni tavsiya qilishga rozi boʻldi.

Qoʻmitaning shu va boshqa masalalar boʻyicha qarorlarining toʻliq matni bilan OFKning rasmiy xabari orqali tanishishingiz mumkin.