LegalityLens.com is the knowledge base of the legality status, laws, and regulations of steroids, cbd, cannabis, prostitution, modafinil, semaglutide, cryptocurrencies and much more. Find out if anything is legal or illegal in your country!

Joriy yilning 5, 7 va 9-oktyabr kunlari yurtimiz maydonlarida U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichi “J” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar boʻlib oʻtadi.

Mazkur bahslar “Paxtakor” va “JAR” stadionlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu uchrashuvlarni oʻz nashrlarida yoritmoqchi boʻlgan OAV vakillari akkreditatsiya orqali oʻyin oldi va oʻyindan keyingi rasmiy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.

Sportga ixtisoslashgan OAV vakillari 3-oktyabr soat 12:00 ga qadar media@ufa.uz elektron pochtasiga 6 nafargacha (4 nafar jurnalist, 2 nafar fotograf) boʻlgan xodimlar roʻyxatini ularning pasport va rasmiy fotosuratini ilova qilgan holda yuborishlari soʻraladi.