Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek, FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi yuzasida “Primary school kindergarten” xususiy maktabida festival tashkil etildi.

Dastlab yosh oʻquvchi oʻgʻil-qizlar guruhlarga boʻlinib, murabbiylar qoʻl ostida mashgʻulotlar olib borishdi. Bolalarga futbol oʻynashning asosiy texnik elementlari yuzasidan koʻnikmalar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov oʻquvchilar bilan samimiy suhbat oʻtkazdi. Oʻgʻil-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Maktab mutasaddilar bilan bolalarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularni futbol toʻgaraklariga jalb qilish, maktabda futbol mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha rejalar belgilab olindi. Tadbir yakunida ishtirokchi oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari berildi.