Free ebooks Library zlibrary project

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining “D” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar Oʻzbekiston maydonlarida oʻtkaziladi.

Ayrim sabablarga koʻra, Kuvayt mazkur bosqich uchrashuvlariga mezbonlik qila olmasligi maʼlum boʻldi. Shu sababli OFK saralash oʻyinlarini mamlakatimizda oʻtkazilishini tasdiqladi.

Maʼlumot oʻrnida, “D” guruhidan Oʻzbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Kuvayt terma jamoalarini joy olgan. Uchrashuvlar joriy yilning 27-oktyabrdan 2-noyabrga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqaning final bosqichi yurtimizda boʻlib oʻtadi, shu sababli vakillarimizning saralash bahslaridagi ishtiroki tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.