Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar oʼyini” yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Endilikda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Xususan, 9-13-mart kunlari UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi yurtimizda boʼladi va OʼFAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida OʼFA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, OʼFA hamda PFLning har bir yoʼnalish boʼyicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha oʼrganiladi hamda yakunda assotsiatsiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada koʼtarishga yoʼnaltiriluvchi qoʼshma loyihalar, mutaxasislarning Yevropaning yetakchi assotsiatsiyalarida malaka oshirishi, qolaversa Oʼzbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Yevropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash kabi masalalar muhokama qilinadi.

13-mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bagʼishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.