Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

“Surxon” — “Paxtakor”

Oʻzbekiston Superligasining 21-turidan oʻrin olgan “Surxon” va “Paxtakor” jamoalari oʻrtasidagi bahsda mehmonlar futbolchisi Luiz Migel zaxiraga olinganidan soʻng toʻp beruvchi bolalardan toʻpni olib qoʻyib, vaqt choʻzishga harakat qildi. Bu ishi orqali ommaviy tartibsizlik kelib chiqishiga sabab boʻldi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Luiz Migelga (“Surxon”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Soʻgʻdiyona”

Oʻzbekiston Superligasining 21-turidan oʻrin olgan yana bir uchrashuv — “Nasaf” va “Soʻgʻdiyona” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90+2 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Luka Chermel sariq kartochka bilan ogohlantirilganidan soʻng unga tibbiy yordam koʻrsatish uchun maydonga chiqqan jamoa shifokorining tibbiy sumkasini tepib yuborgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Luka Chermelga (“Soʻgʻdiyona”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912” — “Lokomotiv”

Oʻzbekiston Superligasining 21-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Lokomotiv” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 68-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Jasurbek Jaloliddinov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasurbek Jaloliddinovga (“Lokomotiv”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Metallurg”

Oʻzbekiston Superligasining 22-turidan oʻrin olgan “Dinamo” va “Metallurg” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90+3 daqiqasida mehmonlar vakili Akmal Ortiqov birinchi yordamchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Akmal Ortiqovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Nasaf”

Oʻzbekiston Superligasining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Boburbek Yuldashov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Boburbek Yuldashovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Metallurg”

Oʻzbekiston Superligasining 22-turidan oʻrin olgan “Dinamo” — “Metallurg” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90+3-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Erkin Baydullayev raqibiga qarata ataylab toʻpni tepib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Erkin Baydullayevga (“Dinamo”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Pro liga

“Shoʻrtan” — “Yangiyer quruvchi”

Pro liganing 20-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Yangiyer quruvchi” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 52-daqiqasida “Yangiyer quruvchi” futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdurahmon Abdulhaqovga (“Yangiyer quruvchi”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yangiyer quruvchi” — “Zomin boʻrilari”

Pro liganing 21-turidan oʻrin olgan “Yangiyer quruvchi” — “Zomin boʻrilari” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Eldor Karimov boshi bilan raqib oʻyinchisining bel qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eldor Karimovga (“Zomin boʻrilari”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Xorazm” — “Andijon”

Pro liganing 22-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Andijon” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90-daqiqasida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Viktor Kumikovga (“Andijon”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Buxoro” — “Xorazm”

Pro liganing 23-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Xorazm” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 13-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Jumayev oyogʻining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirjalol Jumayevga (“Buxoro”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Birinchi liga

“Doʻstlik Toshkent” — “Doʻstlik Oltiariq”

Birinchi liga 22-turidan oʻrin olgan “Doʻstlik Toshkent” — “Doʻstlik Oltiariq” uchrashuvining 61-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Gʻiyosjon Tursunov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, 90+1 daqiqada “Doʻstlik Oltiariq”ning yana bir futbolchisi Iqboljon Boboxonov ham bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va tajovuzkor xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Doʻstlik Oltiariq” klubi futbolchilari Gʻiyosjon Tursunovga nisbatan 3 ta oʻyinga, Iqboljon Boboxonovga nisbatan esa 5 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yunired” — “Qizilqum farm”

Birinchi liganing 23-turidan oʻrin olgan “Yunired” — “Qizilqum farm” uchrashuvining 90+3-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Murodjon Shamsiddinov raqib futbolchisining qorin qismiga tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Murodjon Shamsiddinovga (“Yunired”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

U-21 chempionati

“Lokomotiv” — “Olimpik”

U-21 chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” — “Olimpik” bahsining 90+3-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Otabek Turobov raqib futbolchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Otabek Turobovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”

U-21 chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” bahsining 82-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Mashhurjon Muhammadjonov bosh qismi bilan raqib futbolchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mashhurjon Muhammadjonovga (“Neftchi”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Nasaf”

U-21 chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf”
bahsining 90+1-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Sherali Rasulov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherali Rasulovga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

U-19 chempionati

“Surxon” — “Qoʻqon-1912”

U-19 chempionatining 22-turi doirasidagi “Surxon” — “Qoʻqon-1912” bahsining 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Asilbek Jumayev yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asilbek Jumayevga (“Surxon”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal” — “Yangiyer quruvchi”

U-19 chempionatining 21-turi doirasidagi “Mashʼal” — “Yangiyer quruvchi” bahsining 36-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asliddin Smoilov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqibiga zarba bergan hamda maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuv yakunlanganidan keyin “Mashʼal” futbolchisi Dilshod Dadajonov raqibi Asilbek Umirzoqov shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan. Bosh hakam bu vaziyatda unga ikkinchi sariq kartochkani koʻrsatgan. Shuningdek, mazkur holatda Asilbek Umirzoqov maydonga tushib raqib futbolchisi Dilshod Dadajonovning koʻkrak qismiga qoʻli bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Yangiyer quruvchi” vakillari Asliddin Smoilovga nisbatan 3 ta, Asilbek Umirzoqovga nisbatan esa 4 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi. Shuningdek, “Mashʼal” vakili Dilshod Dadajonov ham 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

 

Ayollar futboli. Oliy liga

“Metallurg-W” — “Qizilqum-W”

Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasining 19-turidan oʻrin olgan “Metallurg-W” — “Qizilqum-W” uchrashuvining 88-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Durdona Aliyeva uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqibini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Durdona Aliyevaga (“Metallurg-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Oʻzbekiston kubogi

“Soʻgʻdiyona-W” — “Sevinch”

Oʻzbekiston kubogining 1/2 finali doirasidagi “Soʻgʻdiyona-W” — “Sevinch” uchrashuvining 37-daqiqasida ikkala jamoa bosh murabbiyi Sherali Boboqulov va Kozim Valiyev oʻzlarini tajovuzkor tutgan holda bir-birining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatishgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherali Boboqulov (“Soʻgʻdiyona-W”) va Kozim Valiyevning (“Sevinch”) har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!