Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

“LOKOMOTIV” — “SOʻGʻDIYONA”

Coca-Cola Superligasining 12-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv”— “Soʻgʻdiyona” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Kaxi Maxaradze tajovuzkor xatti-harakat koʻrsatib, toʻpsiz vaziyatda raqibning son qismi orqa tomoniga tizzasi bilan zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kaxi Maxaradzega nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“OLIMPIK” — AGMK

Tartib-intizom qoʻmitasi Superliganing 12-turidan oʻrin olgan “Olimpik”— AGMK uchrashuvidagi vaziyatni ham koʻrib chiqdi. Xususan, mazkur uchrashuvda mehmonlar vakili Sardor Rahmonov tomonidan “Olimpik” futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat sodir etilgan. Natijada vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari aralashgan va Sardor Rahmonov xatti-harakati ommaviy janjal kelib chiqishiga sabab boʻlgani uchun unga nisbatan tegishli chora koʻrish soʻralgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Raxmonovga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“BUNYODKOR FARM” — “ANDIJON II”

Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor farm”— “Andijon II” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Muhammadali Tursunov raqib oʻyinchisiga nisbatan oyogʻining tag qismi bilan bosh qismiga jiddiy jarohat yetkazishga uringan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadali Tursunov 4 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“SHAXRIXONCHI” — “ANDIJON II ”

Birinchi liga musobaqasining 11-turi doirasidagi “Shaxrixonchi”— “Andijon II” uchrashuvining 74-daqiqasida mezbonlar murabbiyi Tursunboy Xusanov raqib jamoaning futbolchisi yon chiziqdan toʻpni oʻyinga kiritayotgan paytda provokatsion harakati bilan xalaqit berishga harakat qilgan. Shundan keyin bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan. Bu vaziyatdan soʻng murabbiy raqib jamoaning futbolchisini qoʻli bilan boʻyin qismiga turtib yuborganligi uchun qizil kartochka jazolangan. Maydonni tark etish oʻrniga yordamchi hakam va bosh hakam tomonga eʼtiroz bildirib, tomoshabinlarning maydonga turli buyumlar uloqtirilishiga sabab boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Tursunboy Xusanovga nisbatan 5 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“NASAF FARM” — “DOʻSTLIK TOSHKENT”

Birinchi liga musobaqasining 13-turi doirasidagi “Nasaf farm”— “Doʻstlik Toshkent” uchrashuvi yakunlangandan soʻng mehmonlar futbolchisi Alisher Nazipov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, “Nasaf farm” jamoasi murabbiyi Kenja Toʻrayev raqib futbolchilari gʻalabani nishonlagan paytda maydon ichiga kirib ular tomon haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Nazipovga (“Doʻstlik Toshkent”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi, Kenja Toʻrayevga (“Nasaf farm”) nisbatan esa 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“PAXTAKOR U-19” — “BUXORO U-19”

U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Paxtakor U-19”— “Buxoro U-19” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Chingizxon Toirov raqib oʻyinchisiga nisbatan oyogʻining tag qismi bilan sakragani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Chingizxon Toirovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish chorasi qoʻllanildi.

 

BUNYODKOR U-19” — “YANGIYER QURUVCHI U-19”

U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor U-19”— “Yangiyer quruvchi U-19” uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Muhammadali Fayzullayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadali Fayzullayevga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“SOʻGʻDIYONA W” — “NEFTCHI W”

Ayollar Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona W”— “Neftchi W” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Baxtishoda Toʻxtayeva toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini tepib yuborganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Baxtishoda Toʻxtayevaga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.