Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

2023-yilning 23-mart kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi hakamlar harakatlari ko‘rib chiqildi.

SURXON – ANDIJON (Coca-cola Superliga 2-tur)

2023-yil 11-mart kuni O‘zbekiston Coca-cola Superliga 2-tur doirasida “Surxon” – “Andijon” uchrashuvi birinchi yordamchi hakam Mahmud Turdiyev, VAR hakam Aziz Asimov va AVAR hakami Alisher Usmonov uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan birinchi yordamchi hakam qoniqarli, VAR va AVAR hakamlari qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Mahmud Turdiyevga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Aziz Asimovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Coca cola Superligada bosh hakam sifatida 4 ta, VAR hakami sifatida 8 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatgani uchun);

Alisher Usmonovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Coca cola Superligada yordamchi hakam sifatida 4 ta, AVAR hakami sifatida 8 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatgani uchun);

TURON – BUXORO (U-21, 1-tur)

2023-yil 6-mart kuni U-21 chempionati 1-tur doirasida “Turon” – “Buxoro” uchrashuvining bosh hakami Akmal Rahimov, ikkinchi yordamchi hakam Azizbek Isakov va zaxira hakami Shahboz Vahobjonov uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan bosh hakam va ikkinchi yordamchi hakam qoniqarli, zaxira hakami esa qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Akmal Rahimovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Azizbek Isakovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Shahboz Vahobjonovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 3-bandiga asosan 3 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

PAXTAKOR – NAVBAHOR (Coca-cola Superliga 3-tur)

2023-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Coca-cola Superliga 3-tur doirasida “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi bosh hakami Vadim Agishev, VAR hakami Firdavs Norsafarov va AVAR hakami Baxtiyorxo‘ja Shavkatov uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan bosh hakam, VAR va AVAR hakamlari qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilishgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Vadim Agishevga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 4-bandiga asosan Coca cola Superligada 6 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Firdavs Norsafarovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Coca cola Superligada VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatmagani uchun);

Baxtiyorxo‘ja Shavkatovga nisbatan nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Coca cola Superligada VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatmagani uchun).