Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 23-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durang natijani qayd edi.

45+1-daqiqada darvozamiz tomon penalti belgilandi va raqib futbolchisi Martin Boyl vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgan Jaloliddin Masharipov va Azizbek Turg‘unboyevning sa’y-harakatlari evaziga 79-daqiqada hisob tenglashdi.

Shu tariqa Srechko Katanes boshqaruvidagi milliy terma jamoamiz 5 ochko bilan “B” guruhida 2-o‘rinni egallab, 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 30-yanvar kuni Al-Vakra shahridagi “Al-Janub” stadionida F guruhida 2-o‘rinni egallagan terma jamoaga qarshi bo‘lib o‘tadi.