O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha futbolchi va rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.
1. O’zbekiston Pro liga 5-turi doirasidagi “Dinamo plyus”- “Neftchi” uchrashuv yakunidan so‘ng “Dinamo” jamoasi murabbiylari Jasur Xamroyev va Dilshod Sharofitdinovlar bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 2 ta o’yinga chetlatish va jarima intizomiy chorasi qo’llanildi.
2. O’zbekiston “U18” Birinchiligi 3-tur doirasidagi “Oq tepa U-18”- “Nasaf U-18” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Oq tepa U-18” jamoasi futbolchisi Bahrom Kozimov unga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgandan so‘ng raqibga nisbatan tajovuzkor harakati uchun 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
3. O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi “Aral Samali” – “Lokomotiv” uchrashuvida “Aral Samali” jamoasi bosh murabbiyi Timur Turdiyev unga O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan akkreditasiyani o‘z manfaatida begona shaxsga bergani va uni texnik zonaga kiritgani va shu bilan 2021-yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 17.13, 17.17- bandlarini buzganligi uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
4. O’zbekiston Futzal Oliy ligasining 16-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvning 35-daqiqasida “Metallurg” jamoasining futzalchisi Islombek Biyturayev ikkinchi hakam qaroridan noroziligini bildirib hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
5. O’zbekiston “U21” birinchiligi 7-turi doirasidagi “Surxon U21” – “AGMK U21” uchrashuvining 83-daqiqasida “AGMK U21” jamoasi futbolchisi Iskandar Businov to‘p uchun kurashsiz raqib oyog‘iga qasdan zarba bergani va tajovuzkor xatti-harakati uchun unga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo’llanildi.
6. O’zbekiston “U21” birinchiligi 7-turi doirasidagi “Andijon U21” – “Qo‘qon 1912 U21” uchrashuvining 66-daqiqasida “Andijon U21” jamoasi futbolchisi Jamshidbek Xomidov muxlislar tomonga qarata nojo‘ya xatti-harakati va xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish jarima intizom chorasi qo’llanildi.
7. O’zbekiston “U21” birinchiligi 5-turi doirasidagi “Surxon U21” – “Lokomotiv U21” uchrashuvining 66-daqiqasida “Lokomotiv U21” jamoasi futbolchisi Anvarjon Alijonov raqib o‘yinchini qo‘li bilan urgani uchun unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish jarima intizom chorasi qo’llanildi.
8. O’zbekiston “U18” Birinchiligi 2-tur doirasidagi “So‘g‘diyona U-18”- “Oq tepa U-18” uchrashuvi yakunidan so‘ng “So‘g‘diyona U-18” jamoasi rasmiy vakili Anvar Almatov va “Oq tepa U-18” jamoasi bosh murabbiyi Otabek Mansurov uchrashuv bosh hakami sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatganligi uchun jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
9. O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvi davomida “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiy Shuxrat Maqsudov va yordamchi murabbiy Marat Miftaxudinov hakam qaroriga o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani, hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani va bu bilan ular 2021-yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 18.2, 18.3- bandlarini buzganligi uchun ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.