Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Midori Honda bilan shartnoma imzoladi. Unga koʻra, yaponiyalik mutaxassis 2023-yilning yakuniga qadar Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Maʼlumot oʻrnida, Midori Honda 1964-yilda Yaponiyaning Sidzuoka shahrida tavallud topgan. 1981-1991-yillar davomida Yaponiya ayollar terma jamoasi safida toʻp surgan. Ushbu davr mobaynida jamoasi bilan birgalikda Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Murabbiylik faoliyatini esa 2001-yilda “Okayama“ klubida boshlagan. Keyinchalik Yaponiya U-20 ayollar terma jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida Jahon Chempionatida ishtirok etgan va mundialda 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Mutaxassis 2013-2019-yillar davomida “Nagano Parseyro”, 2020-2021-yillarda esa “Sidzuoka SSU Asredjina” klublarini boshqargan. Bundan tashqari, Midori Xonda Yaponiyada JFAning “S” kategoriyadagi (“Pro”ga teng yuritiladigan) litsenziyani olgan ilk ayol murabbiy hisoblanadi.

Shuningdek, ayollar terma jamoamizda yana bir yaponiyalik mutaxassis — Takaya Tsutsumi darvozabonlar murabbiyi sifatida ish olib boradi.