Free ebooks Library zlibrary project

O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi O‘zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, ya’ni bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlarini aniqlash bo‘yicha say-harakatlarni davom ettirmoqda.

O‘FA Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida FIFA va OFK hakami Sh.Qosimov bo‘yicha aniqlangan holatlar ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita tomonidan Sh.Qosimov O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 3 (uch) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.