O’zbekiston maydonlarida 2021-yilgi mavsum uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish bo’yicha O’FA hamda FIFA mutaxassislarining o’zaro muzokaralari ijobiy yakun topdi.

Tizimdan foydalanish bo’yicha FIFA VAR platformasiga zarur me’yoriy hujjatlar o’z vaqtida yuklandi. Shuningdek, Video yordamchi hakamlar brigadasining 2020-yilgi futbol o’yinlarida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.

Shu sababli, FIFA 2021-yilgi mavsum davomida O’FA hamda O’zPFL tomonidan tashkil etiladigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimini qo’llashga ruxsat berdi.