Free ebooks Library zlibrary project

Bugun FIFA Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalarga mezbon mamlakatlarni belgilash, reglament va oʻyinlar vaqtiga aniqlik kiritish masalalari oʻrin oldi.

FIFA Kengashi AQShni bir ovozdan 2025-yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan klublar oʻrtasidagi yangi Jahon chempionatini mezboni etib tayinladi. Unda 32 jamoa ishtirok etishi belgilandi.

Rasmiy xabarda qayd etilishicha, mezbonni tanlash jarayonida infratuzilma va xizmat koʻrsatish talablari, shuningdek, turnirning kengroq strategik maqsadlari inobatga olindi.

FIFA Jahon chempionati 2030™
Erkaklar futboli boʻyicha nufuzli turnirning 100 yilligi nishonlanadigan FIFA Jahon chempionati 2030™ boʻyicha barcha asosiy manfaatdor tomonlar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlarni taʼminlash maqsadida tanlov jarayonining boshlanish vaqti kechiktirildi. Shu sababli, tegishli tanlov qoidalari FIFA Kengashining 2023-yil sentyabr/oktyabr oylarida boʻlib oʻtadigan navbatdagi yigʻilishida tasdiqlash uchun taqdim etiladi va tanlov jarayoni shundan soʻng rasman boshlanadi.

FIFA Kongressi kutilayotgan mezbon(lar)ning tayinlanish muddatini 2024-yilning 3-choragidan 2024-yilning 4-choragiga koʻchirdi.

FIFA Jahon chempionati 2026™ musobaqasining dastlabki reglamenti tasdiqlandi

“Keyingi FIFA Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etsa, turnir futbolga misli koʻrilmagan taʼsir koʻrsatadi. Ayniqsa, endilikda koʻproq davlatlarga jahon sahnasida porlash imkoniyati beriladi”, dedi prezident Infantino.

FIFA Kongressi va turnirlari mezbonlari
Bundan tashqari, Kengash FIFAning 74-kongressi 2024-yil 17-may kuni Tailand poytaxti Bangkokda boʻlib oʻtishini tasdiqladi.

Shuningdek, Indoneziyani FIFA U-17 Jahon chempionati 2023™, Kolumbiyani FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2024™, Dominikan Respublikasini FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati mezboni etib tayinladi.

Eʼtiborli jihati, Oʻzbekiston — FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionati 2024™ mezboni etib belgilandi.

Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan FIFA plyaj futboli boʻyicha Jahon chempionati 2023™ning sanalari 2023-yilning 16-26-noyabridan 2024-yilning 15-25-fevraliga koʻchirildi.