Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

“Yosh Yulduz” 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi kumush medali sohibi, shuningdek, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev “Yosh Yulduz” sovrinini qoʻlga kiritdi. Fayzullayev joriy mavsum Coca-Cola Superliganing 21 ta oʻyinida maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi “Lokomotiv” stadionida Koreya Respublikasining 20 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Qiziqarli oʻtgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari bitta gol kiritgan holda oʻz darvozalaridan ham toʻp olib chiqishga majbur boʻldilar. Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuvda gʻolib nomi aniqlanmadi. Eslatib oʻtamiz, keyingi uchrashuv 8-noyabr sanasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Koreya 🇰🇷 

Batafsil

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Toshkentdagi yigʻin doirasida koreyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Ravshan Haydarov shogirdlari bugun mazkur uchrashuv oldidan rasmiy mashgʻulot oʻtkazdi. Quyida mashgʻulotlardan olingan fotogalereya bilan tanishishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 — Koreya U-20 oʻyini 5-noyabr kuni “Lokomotiv” stadionida soat 15:00 da start oladi.