Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov Gruziyaga qarshi bahs oldidan milliy terma jamoa aʼzolari bilan uchrashdi. Futbolimiz rahbari milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar masʼuliyati, ularga tizimli tayyorgarlik koʻrish, har bir oʻyinda sidqidildan harakat qilish lozimligi haqida fikr bildirdi. Milliy terma jamoada oʻynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam boʻlib, Vatan sharafi uchun 

Batafsil

Bugungi mashg’ulotlardan so’ng Dostonbek Tursunov o’zini noqulay his qilgan. Tekshiruv natijasiga ko’ra, futbolchining eski jarohati bezovta qilganligi, shu sababli Gruziyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazib yuborishi ma’lum bo’ldi. Uning o’rniga AGMK klubi futbolchisi Abbos Otaxonov terma jamoaga jalb etildi.

Yigʻinning ilk kunida mahalliy chempionatda toʻp surayotgan futbolchilar, shuningdek, bir qator legionerlar ishtirok etishdi. Eldor Shomurodov, Ibrohimhalil Yoʻldoshev va Jasurbek Yaxshiboyevlar ertaga terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi. Shahbozbek Umarovda Covid-19 infeksiyasi aniqlanganligi sabab mazkur yigʻinda ishtirok etolmasligi maʼlum boʻldi.