Aziz yurtdoshlar! Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Sizni kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etadi!
Boshlanayotgan yangi futbol mavsumi Oʻzbekiston terma jamoalari hamda oʻzbek klublari uchun yutuq va yangi marralarga boy boʻlsin!
Barchangizga oilaviy baxt, mustahkam sogʻlik va xotirjamlik tilaymiz. Goʻzal va osoyishta Vatanimizning rivoji yoʻlidagi barcha sa’y-harakatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin.