Kecha yurtimiz bo’ylab keng tarzda nishonlangan Xotira va qadrlash kuni davomida joylarda bayram munosabati bilan hududiy futbol assotsiyatsiyalari tashabbusidagi futbol musobaqalari bo’lib o’tdi.
Jumladan, Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejida Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan futbol turniri bo’lib o’tdi. Kollej sovrini uchun kechgan bellashuvlarda “Jizzax 2008 FMM” jamoasi bosh sovrinni qo’lga kiritdi.
Shuningdek, Navoiy viloyatida bayram munosabati bilan faxriylar o’rtasidagi O’zbekiston kubogining viloyat bosqichi o’tkazildi. Unda jami 5 ta jamoa ishtirok etdi va yakunda “Qizilqum” jamoasi birinchi o’rinni band etdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Navoiy futbol assotsiyatsiyasi va “Qizilqum” klubining esdalik sovg’alari taqdim etildi.