Dunyo bo’ylab barcha futbolchilar, mutaxassis va muxlislar tomonidan 10-dekabr sanasi Xalqaro futbol kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ikki ming yillik o’tmishga ega mazkur sport turi tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra qadimiy Xitoyda paydo bo’lgan. Uning zamonaviy ko’rinishi esa Angliyada shakllandi va bir qator mamlakatlarda keng ommalasha boshladi. Bora-bora xalqlar, mamlakatlar o’rtasida qit’a va jahon birinchiliklari yo’lga qo’yildi.
O’zbek xalqi futbol bilan XX asr boshlarida shug’ullana boshlagani va oʻzbek futboli tarixidagi ilk jamoa Qo’qonda tarkib topdi. Shundan soʻng, Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo boʻldi va mamlakat birinchiligi bahslari ham oʻtkazila boshlagani haqida tarixiy manbalarda ma’lumot beriladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 10-dekabr – Xalqaro futbol kuni sifatida futbol bayrami sifatida qayd etilgan.
Ushbu kunda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari Toshkent shahar “B” ligasi final uchrashuviga tashrif buyurdi. Mirobod tumani IBO’SM maydonida 2007-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat “Shtutgart” va Chilonzor BO’SM jamoalar o’rtasidagi hal qiluvchi bahs bo’lib o’tdi. Unda “Shtutgart” futbolchilari g’alaba qozondi va chempionlikni qo’lga kiritib, “A” liga yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Bahslar yakunida O’FA vakillari Xalqaro futbol kuni munosabati bilan “Shtutgart” jamoasi hamda namunali BO’SM va IBO’SM murabbiylari va tarbiyalanuvchilariga futbol to’plari va sport anjomlari sovg’a qildi.