Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda barcha sohalarda boʻlgani kabi sport sohasida ham karantin davrini mazmunli oʻtkazish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar Mirobod tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda tuman hokimligi bilan birgalikda COVID-19 virusiga qarshi kurashish boʻyicha maslahatlar bermoqda.

Har kuni yarim soat jismoniy mashqlarni bajarish, sport bilan shugʻullanish bahorgi kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish, qon aylanishi jarayonini tezlashtiradi va insonni ruhan mustahkamlikka erishishga yordam beradi. Bundan tashqari, badan tarbiya tanada ortiqcha yogʻlarni hosil boʻlishining oldini oladi.

Shuningdek, tumandagi barcha sport taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda sport inshootidagi trenerlar masofaviy mashgʻulotlarni oʻtashmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati – minsport.uz