Free ebooks Library zlibrary project

Bugungi kunda sayyoramizning deyarli barcha mamlakatlari COVID-19 koronavirusidan jabr koʻrayapti. Ayni damda, mamlakatimizda mazkur kasallikni oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida tegishli chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 16-mart sanasidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport taʼlim muassasalari, sport maktablari faoliyati ham nomaʼlum muddatga toʻxtatildi. Ushbu maskanlarda karantin eʼlon qilinib, tarbiyalanuvchilarning, trener va ishchi-xodimlarning salomatligini muhofaza qilish, u yerda koronavirusning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha sanitariya-gigiyena va profilaktika meʼyorlarga rioya etilishi qatʼiy nazoratga olingan.

Bu borada Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi(SOʻYEAIBOʻSM)da ham karantin talablari asosida zarur ishlar amalga oshirilayotir.

Jumladan, sport maktabining mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joylari, sport arenasi, yechinib-kiyinish, yuvinish va boshqa turdagi xonalar hamda muxlislarga moʻljallangan oʻrindiqlar dezinfeksiya qilinmoqda. Aminmizki, dezinfeksiya ishlari insonlar hayoti uchun juda muhim jarayon boʻlib, koronavirusga qarshi kurashda foyda beradi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati – minsport.uz