Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyo boʻylab tarqalib borayotgan va insoniyat uchun katta xavf tugʻdirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Joriy yil 15-mart kuni Oʻzbekistonda ilk bora koronavirusga chalinganlik holati qayd etilgandi. Shu munosabat bilan, 2020-yil 16-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF–5969-sonli “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻiga koʻra tizimdagi sport taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlim jarayoni tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan, vazirlik tizimidagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida joriy yilning 30-martidan boshlab barcha taʼlim jarayonlari masofadan – uydan turib amalga oshirilayapti.

Maʼlumki, umumtaʼlim fanlaridan OʻzMTRK tizimidagi telekanallar orqali televizion darslar berib borilmoqda. Shu bois endilikda umumtaʼlim fanlaridan tashkil etilgan televizion darslarni oʻquvchilar muntazam koʻrib borishlari va fanlarni oʻzlashtirishlari boʻyicha har kunlik monitoring tegishli sinf rahbarlari tomonidan, oʻquvchining uyiga bormagan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, har bir sport taʼlim muassasasida ham oʻquvchilar uchun amaliyot jarayonlarini masofadan turib amalga oshirish choralarini koʻrish maqsadida oʻquv rejasi ishlab chiqildi va trener-oʻqituvchilar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan oʻquvchilarga sport mashgʻulotlari jadvalidan kelib chiqib, masofadan turgan holda har kunlik vazifalar berib borilmoqda va berilgan vazifalar hamda normativlarni oʻquvchilar tomonidan bajarilishi nazorat ostiga olindi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari uchun universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan bahorgi semestrda oʻtiladigan fanlar boʻyicha elektron resurslar yaratilmoqda. Jumladan, universitetda mavjud kafedralarning ijtimoiy tarmoq (telegram messenjeri)dagi kanallari tashkil etilib, talabalar uchun bahorgi semestrda oʻtiladigan fanlar boʻyicha maʼlumotlar (maʼruza matnlari, videomashgʻulotlar, slaydlar va h.k.) joylab borilmoqda. Ushbu maʼlumotlar universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda @masofaviytaʼlimuzdjtsu telegram kanalida ham berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.

Bundan tashqari, universitet oʻquv-uslubiy boʻlimi va kafedralari tomonidan talabalarni bahorgi semestrda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha masofaviy baholash hamda bitiruvchi bosqich talabalarining davlat imtihonlarini masofaviy oʻtkazish mezonlari ishlab chiqilmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, respublikamizdagi sport taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayoniga koronavirus ortiq xavf sololmaydi. Oʻquvchilar va talabalar oʻz uylarida odatiy dars jarayonlariga qaytmoqda. Shu bilan birga oʻquvchi va talabalar tomonidan oʻquv-mashgʻulotlarning oʻzlashtirilishi doimiy tarzda monitoring qilib boriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
– minsport.uz