Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, joriy yilning yoz faslida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Tokio Olimpiadasi butun dunyoga katta xavf tugʻdirayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli 2021-yilga koʻchirilgan edi.

New York Times nashrining xabar berishicha, tashkilotchilar yozgi Olimpiya oʻyinlarining start olishi sanasiga aniqlik kiritmoqda va tez kunlarda u ommaga eʼlon qilinadi.

Hozirda rasmiylar nufuzli musobaqaning ochilish marosimini 2021-yilning 21-iyulida oʻtkazish boʻyicha yangi variantni oʻrganmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) Tokio shahri mezbonlik qiluvchi Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilishi boʻyicha aniq sanalarini tez orada eʼlon qilmoqchi. Bu borada XOQ kecha, 29-mart kuni tashkilotchilar ishtirokida tezkor yigʻilish oʻtkazgan. Yigʻilishda tomonlar Olimpiya oʻyinlarining qaysi sanada oʻtkazilishini muhokama qilishgan.

Maʼlumot uchun, Olimpiya oʻyinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustigacha oʻtkazilishi kerak edi. Ammo, XOQ 24-mart kuni oʻyinlar 2021-yilga koʻchirilganini eʼlon qildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati – minsport.uz