Free ebooks Library zlibrary project

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining kirib kelishi sababli barcha taʼlim muassasalari faoliyati oʻquvchi va talabalarning xavfsiziligini taʼminlash maqsadida toʻxtatilgan.

Xususan, yurtimizdagi barcha sport taʼlim muassasalari ham mashgʻulotlar vaqtincha bekor qilinib, COVID-19 pandemiyasiga qarshi muntazam dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sport maktablarida, jumladan, Chiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ham dezinfeksiyalash ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari mazkur 1-BOʻSM jamoasi xayrli ishga qoʻl urdi.

1-BOʻSM direktori Farhod Jumanov boshchiligidagi trenerlar bir kunlik ish haqlarini xayriya tadbiri uchun ajratishdi. Sport maktabi jamoasi tumandagi “Qirgʻiz”, “Yangiqurilish”, “Kunchiqar”, “Qahramon”, “Jar”, “Choshtepa” kabi mahallalarda, markaziy dehqon bozorida, tuman tibbiyot birlashmasida 5000 donadan ortiq tibbiy niqob aholiga xayriya sifatida bepul tarqatishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati – minsport.uz