Ayni paytda koronavirus tarqalishi xavfi mavjud ekani bois barchamizdan uyda qolish talab etilmoqda.
Bu orada biz saytimiz orqali turli yoshdagi terma jamoalarimiz a’zolarining karantinda vaqtni qanday mazmunli o’tkazish mumkin ekani borasidagi tavsiyalarini e’tiboringizga havola qilib boryapmiz.
O’zbekiston terma jamoasi futbolchisi Sanjar Qodirqulovdan mashg’ulotlar jamlanmasi. Darvoqe, tashqi ko’rinishidagi o’zgarishni ham payqasangiz kerak.