Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge oilaviy sport chellenjining birinchi bosqich 22-26-aprel kungi gʻoliblariga sovgʻalar yetkazib berildi.

Tanlov natijalariga koʻra chellenjning 5-turida Toshkent shahridan Farmonqulovlar, Sirdaryo viloyati Guliston shahridan Toshmatovlar hamda Samarqand viloyati Narpay tumani, Oqtosh shahridan Rashidovlar oilalari sovrindorlar safidan joy olishdi.

Eslatib oʻtamiz, etilgan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjining ikkinchi bosqichi 28-aprel – 10-may kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Demak, sizda ham gʻolib boʻlish imkoni bor. Buning uchun uyda qolib sport bilan shugʻullaning va chellenjda ishtirok etib, gʻolib boʻling!

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati