Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Xabaringiz bor, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjini eʼlon qilgandi.

Ushbu chellenjni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, yurtimiz aholisi orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni faol targʻib qilish, shu orqali ularni sogʻlom turmush tarziga oshno etishdan iborat edi. 6-apreldan start olgan mazkur chellenj yurtdoshlarimiz orasida ommalashdi. Buni 5 tur davom etgan chellenjning birinchi faslida qariyb 8 mingga yaqin video yuborilganidan ham bilib olish qiyin emas.

Yurtdoshlarimiz orasida #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjiga boʻlgan qiziqish yuqori ekanligini inobatga olgan holda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda chellenjni davom ettirishga qaror qildi.

Endi siz 28-apreldan 10-mayga qadar chellenjda ishtirok etishingiz va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritishingiz mumkin. Chellenj shartlari oʻsha-oʻsha: uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullaning, uni videoga oling va Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ulashing.

Qolaversa, videorolikni yaratishga kreativ jihatdan yondashish va albatta yurtdoshlarimizni sogʻlom turmush tarziga jalb etgan daʼvat, chaqiriq boʻlishi ham muhim omillardan sanaladi.

Shoshiling, #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasliga start berilmoqda.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

minsport.uz