Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida “6-aprel – Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro sport kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishni keng targʻib etish maqsadida oʻziga xos salomatlik aksiyasini eʼlon qiladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida qatnashish orqali siz nafaqat oʻz salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki bu orqali qimmatbaho sovgʻalarni yutib olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Buning uchun siz:

1) karantinda uyda qolib oila aʼzolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda oʻzingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.

Shuningdek, vazirlik rasmiy sahifalarida bu xabar bilan boʼlishadi.

Videoroliklarni baholashda:

taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila aʼzolari uy sharoitida sport bilan shugʻullanish jarayoni aks etganligi;
uyda sport bilan shugʻullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;
videorolikning sifati;
ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shugʻullanishga daʼvat etgan (chaqiriq) boʻlishi;
videoroliklar 2 daqiqadan oshmasligiga eʼtibor qaratiladi.
Chellenj joriy yilning 6-26-aprel kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Har toʻrtinchi kunda chellenjning uch kunlik gʻoliblari aniqlanib, taqdirlab boriladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida faol ishtirok eting va sovgʻalarni qoʻlga kiriting.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

minsport.uz