Yurtimiz mezbonligidagi 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi final bosqichi oʻyinlariga bir oy qoldi
Osiyoning 16 ta eng kuchli jamoasi qitʼa birinchiligi hamda Indoneziyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi.
“Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “JAR” va “Istiqlol” stadionida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlar anonslari, terma jamoalar haqidagi maʼlumotlar va musobaqaga oid boshqa yangiliklarni OʻFAning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.