Osiyo Futbol Konfederatsiyasi U-23 Osiyo kubogi saralash oʻyinlariga mezbonlik qiladigan davlatlarining nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi qur’a natijasiga koʻra oʻrin oladigan guruh uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida oʻtkaziladi. Oʻyinlar joriy yilning 4-12-sentyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Mezbon mamlakatlar:
Bahrayn
Xitoy
Indoneziya
Iordaniya
Koreya R.
Quvayt
Saudiya Arabistoni
Tojikiston
Tailand
Oʻzbekiston
Vyetnam
Eslatib o’tamiz, saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi 25-may kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Musobaqaning final bosqichi 2024-yili Qatarda boʻlib oʻtadi.