Bugun Xitoyning Shenchjen shahrida 2025-yilgi U-20 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi.
Qur’a yakunlariga koʻra Oʻzbekiston “C” guruhidan oʻrin oldi
“C” guruhi
O‘zbekiston
Eron
Indoneziya
Yaman
Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa Chilida bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025-yilgi yoshlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoamiz Osiyo kubogidagi ishtirokini Yamanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.