Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi 5-oktyabr kuni Milliy futbol markazida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi yoshlarimiz yigʻin doirasida 9, 12-oktyabr kunlari FIFA U-20 Jahon chempionatining yana bir mezboni — Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi.

Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga quyidagi futbolchilar jalb etildi:

Darvozabonlar: Bogdan Odinayev (“Bunyodkor”), Alishan Abdutolipov (“Olimpik Mobiuz”), Akbar Masharipov (“Xorazm”), Sirotillo Yusufxonov (“Navbahor”).

Himoyachilar: Shorahim Shorahmedov (“Bunyodkor”), Muhammadali Dilshodbekov (“Paxtakor”), Behruz Erkinov (“Surxon”), Ozod Odiljonov (Andijon FA), Ozod Najmiddinov (“Nasaf”), Abdulvosid Soliyev (OKMK), Saddam Ahmadov (“Olimpik”), Behruz Karimov (“Surxon”).

Yarimhimoyachilar: Azizbek Toʻlqinbekov (“Bunyodkor”), Diyor Tojiyev (“Olimpik”), Abdulfayz Bobomurodov (“Bunyodkor”), Fazliddin Omonkeldiyev (“Soʻgʻdiyona”), Quvonchbek Saidaliyev (“Paxtakor”), Jasur Jumaboyev (“Lokomotiv”), Ulugʻbek Maratov (“Olimpik Mobiuz”), Shohjahon Abdumannopov (“Shoʻrtan”).

Hujumchilar: Davron Toʻlaganov (“Paxtakor”), Diyor Tojiboyev (“Olimpik Mobiuz”), Quvonch Abrayev (“Lokomotiv”), Sirojiddin Jumadullayev (“Lokomotiv”).