Avval xabar berganimizdek, O’FA Ijroiya qoʼmitasining navbatdagi yig’ilishida oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha umumiy hisobot tinglandi. Bugundan boshlab ushbu hisobotda ko’rsatib o’tilgan bir qator mavzularni e’tiboringizga havola etib boramiz. Dastavval, O’zbekiston milliy terma jamoalarini shakllantirish bo’yicha joriy etilgan yangi tizim haqida ma’lumot beramiz.    

Yurtimizda o’tadigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan U19 O’zbekiston Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazmoqda. 5-iyunda start olgan “Chig’atoy” bazasidagi ushbu yig’inga 23 nafar futbolchi jalb etilgan. Bosh murabbiy Timur Kapadze U19 O’zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni va oldindagi rejalari haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazmoqda. 5-iyunda start olgan “Chig’atoy” bazasidagi ushbu yig’inga 25 nafar futbolchi jalb etilgan. Bosh murabbiy Olim Shokirov U16 O’zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni va oldindagi rejalari haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Olim Shokirov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. Bahrayn davlati mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamiz 15-iyunga qadar mashg’ulotlarni davom ettiradi. E’tiboringizga mashg’ulotlardan tayyorlangan videolavhani taqdim etamiz.

O’zbekiston U19 terma jamoasi shu yili mamlakatimizda o’tkaziladigan Osiyo chempionatiga qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda. Bosh murabbiy Timur Kapadze jalb etgan 23 nafar futbolchidan iborat terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda. MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda jismoniy tayyorgarlik bo’yicha murabbiy Mirko Yelichich ushbu yig’in davomida murabbiylar shtabiga kerakli yordamini bermoqda. E’tiboringizga mashg’ulotlardan tayyorlangan videolavhani 

Batafsil