Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida tashkil etilgan o’quv-mashg’ulot yig’inini yakunladi. Ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan terma jamoamiz bugun tunda Antalya shahriga yo’l oladi. Delegatsiya Toshkent-Istanbul-Antalya havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da Antalya xalqaro aeroportiga yetib boradi. O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning
Bilasiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Dubay shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda. Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz bugun tongda sohil bo’yida tiklanish mashg’ulotlarini o’tkazdi. Odil Ahmedov “Tianjin Teda” klubi tomonidan Xitoy mamlakatiga chaqirilganligi sababli, ushbu yig’inda qatnasha olmasligi ma’lum bo’ldi. Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga kelib qo’shildi.
Argentina vakillari O’zbekiston futzal terma jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazish uchun Toshkent shahriga keldi. 24 kishilik Argentina delegatsiyasi 30-dan 31-yanvarga o’tar kechasi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi Argentinaliklar soat 18.00 dan boshlab “O’zbekiston” sport majmuasida birinchi mashg’ulotlarini o’tkazadi. Mashg’ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator tadbirlar va musobaqalarni tashkil etib kelmoqda. Hususan, bugun O’FA va O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi xodimlari o’rtasida do’stona muhitni mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ishchi xodimlarning jismoniy rivojlanishi orqali mehnat unumdorligi va